Ushbu tizimning ishga tushirilishi natijasida qurilish obʼektlarini rekonstruksiya qilish, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, ekspertiza, nazorat va monitoring faoliyatlari toʻliq raqamlashtirildi. Shuningdek, davlat shaharsozlik kadastri hujjatlarini yuritish, ularni jamoatchilikka taqdim etish imkonini beruvchi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat shaharsozlik kadastri” geografik axborot tizimi (geoportal) ishlab chiqildi. Yoki, qurilish-pudrat tashkilotlari koʻrsatkichlarini inson omilidan xoli, raqamlashtirilgan texnologiyalar yordamida baholaydigan “Qurilish pudrat tashkilotlar reytingi” axborot platformasi yaratildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari ham imtihon. uz platformasida onlayn translyasiyasi tashkil etildi. Magistraturaga qabulda 2-bosqichli tanlov jarayoni yoʻlga qoʻyilib, hujjatlar magistr. uz platformasida onlayn shaklda qabul qilindi. Ikkinchi mutaxassislikka hujjat topshirish uchun ikkinchitalim. uz, akademik litseylarga hamda professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun litsey. uz, kasb. uz, kollej. uz, texnikum. uz hujjatlarni onlayn topshirish platformalari ishlab chiqildi va joriy etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ–5157-son qarori bilan talabalar oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish, koʻrib chiqish jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash, tartiblarni yanada soddalashtirish mexanizmlari takomillashtirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida davlat byudjeti mablagʻlarining samarali sarf etilishini taʼminlash, davlat xizmatida halollik standartlarini keng joriy etish, davlat idoralarining ochiq va oshkora faoliyat yuritishini taʼminlash kabi qator muhim yoʻnalishlarda zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlarini faol tatbiq etish masalasiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan: Qurilish sohasida: Qurilish sohasida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi respublikaning barcha hududlarida 2021-yil 1-yanvardan real vaqt rejimida toʻliq ishga tushirildi.
Mazkur platformani yaratishda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlar inobatga olindi va xorijiy mamlakatlar tajribasi, xususan Janubiy Koreya tajribasi oʻrganildi. Elektron platforma davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida (davlat tashkilotlari) korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash imkonini beradi.
uz”, “Bemor”, “PZR-test”, “Audio skrining” va bshq. ) joriy qilindi. Shuningdek, 3 ta axborot tizimi (“Sunʼiy intellekt”, “Yagona darcha”, “Kitactive”) tajriba sifatida ishga tushirildi hamda “Elektron taʼlim”, “Vaksina logistikasi” kabi elektron tizimlari joriy qilinmoqda. Oliy taʼlim tizimida: Doktoranturaga kirish uchun oʻtkazilgan imtihon jarayonlari imtihon. edu. uz platformasida onlayn translyasiya qilindi.
“E-anticor. uz”ning oʻziga xos xususiyati bu maʼlumotlarni avtomatik qayta ishlash va hisoblash boʻyicha sunʼiy intellekt texnologiyasidan foydalanilganidir. Elektron platforma mustaqil ravishda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kiritilgan maʼlumotlarni baholaydi. Bunda, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, faoliyat samaradorligi “yaxshi”, “qoniqarli” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratiladi. Yaʼni: 81 balldan 100 ballgacha toʻplagan davlat tashkiloti – “yaxshi”; 55 balldan 81 ballgacha toʻplagan davlat tashkiloti – “qoniqarli”; 55 balldan past toʻplagan davlat tashkiloti – “qoniqarsiz” deb topiladi.
O'zbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari alohida
Bundan tashqari, vazir hamda uning oʻrinbosarlariga bevosita ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat yoʻllash imkoniyati yaratildi. Davlat xaridlari sohasida: 2021-yil 22-aprelda yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi qonuni qabul qilindi. Qonunga asosan, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, barcha davlat xaridlari (eng yaxshi takliflarni tanlash va tender xarid qilish) tartib-taomillarini majburiy tartibda elektron shaklda oʻtkazilishi joriy qilindi Hozirda davlat xaridlari maxsus axborot portali (http://xarid. uz) orqali amalga oshiriladi. Unda davlat xaridlarini rejalashtirish, xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish, shartnoma tuzish, davlat xaridlari monitoringini olib borish va nazorat qilish jarayonlari tizimlashtirilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-yanvardagi 46-son qarori bilan “Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” yangi nizom tasdiqlandi. Nizom talablariga asosan, davlat buyurtmachilarining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 6000 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi tanlov(tender)lar “tender. mc. uz” elektron portali orqali amalga oshirilmoqda. Maʼlumot uchun: mazkur platforma yordamida 2021-yil davomida 15, 45 trln.
Koreyada ishlash uchun o'tkaziladigan EPS-TOPIC
Toshkent-Seul-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan yaratilgan yana bir platforma bu “E-anticor. uz” elektron platformasidir. Mazkur elektron platforma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-81-son qarori asosida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida Agentlik tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan brifingKorrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida Agentlik tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan brifing Bugun, 26-aprel kuni AOKAda Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi — Matbuot kotibi Durdona Ochilova ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida Agentlik tomonidan olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida soʻz yuritildi.
O'zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari onlayn-sammit o
O'zbekiston U23 - Stadion.Uz
Korrupsiyaga qarshi kurashishda zamonaviy axborot
MOFA Koreya Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi